Oʻzgidromet sel xavfi bor boʻlgan hududlar boʻyicha tezkor axborot berdi

Saqlash
16:06 / 12.06.2024 296 0

Joriy yilning 12–13-iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar tarqatdi.

 

Xabarga koʻra, quyidagi hududlarda sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin:

 

◻️ Namangan viloyati – Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

◻️ Fargʻona viloyati – Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;

◻️ Andijon viloyati: – Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.

 

Shu sababli axborotda togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini koʻrishi soʻralgan.

 

“Fargʻona vodiysi hududlari boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//