Toshkent shahar hokimiga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Saqlash
16:06 / 13.06.2024 267 0

Xaydarov Baxtiyor Xalimovich va Tadjiyev Sanjar Shuhratovich Toshkent shahar hokimining yangi oʻrinbosarlari boʻldi.

 

Jumladan, Xaydarov Baxtiyor Xalimovich moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

 

 

Baxtiyor Xaydarov 1989-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. 2010-yilda Toshkent moliya institutini bakalavriat, 2012-yilda magistratura yoʻnalishlarida tamomlagan.

 

Xaydarov shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy sohada muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 

Tadjiyev Sanjar Shuhratovich Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

 

 

Sanjar Tadjiyev 1981-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2003- yilda Toshkent davlat Sharqshunoslik institutini bakalavriat, 2006-yilda magistratura yoʻnalishlarida tamomlagan.

 

U shu kunga qadar “The Mob” MCHJ da bosh direktor lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//