“Ilhom” mukofoti gʻolibi Damas avtomobili yutib oldi

Saqlash
10:06 / 11.06.2024 311 0

Kunikecha Adiblar xiyobonida “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2024-yilgi sovrindorlari taqdirlandi.

 

Jumladan, tanlovda 1-oʻrinni olgan Toshkent davlat yuridik universitetining 4-bosqich talabasi Shoxzodjon Otamurodovga Damas avtomobilining kaliti topshirildi.

 

Shuningdek, qolgan 2- va 3-oʻrinlarni egallagan talabalar ham pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi. Bular:

 

◻️ 2-oʻrin – Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti Ruxsora Imomova – 30 mln soʻm;

◻️ 3-oʻrin – Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-bosqich talabasi Dildora Yorbulova – 15 mln soʻm.

 

Bundan tashqari, “Ilhom” mukofotining ragʻbatlantiruvchi mukofotlari bilan ham bir qator talaba yoshlar taqdirlandi.

 

Maʼlumot oʻrnida, “Ilhom” mukofoti tanlovi hukumat qarori bilan shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻtkaziladi.

 

Mukofot uchun tanlovni yuqori saviyada oʻtkazishga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼul hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//