Rasman Qurbon hayiti 16-iyun kuni nishonlanadi

Saqlash
10:06 / 11.06.2024 285 0

Prezident  “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

 

Unga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.  

 

Bayram sanasi yakshanba kuniga to'g'ri kelayotgani munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi.

 

18-iyun – seshanba kuni ham barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, mas’ul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlarimiz uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//