Avtoservisda chiqqan yongʻin oqibatida 3 ta avtomobil zararlandi

Saqlash
16:06 / 11.06.2024 310 0

Bugun, 11-iyun kuni soat 13:24 da Toshkent shahar Sergeli tumanining 6a-dahasida joylashgan avtoservislardan birida yongʻin chiqdi.

 

Avtosalon oldida joylashgan yongʻin hududiga 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 13:33 da yetib borgan va soat 13:44 da avtoservis qurshab olingan. Soat 13:51da esa yongʻin oʻchirilgan.

 

Yongʻin natijasida avtoservisning ichki qismi va ichki qismida boʻlgan 3 ta avtomobil yonib, zararlangan.

 

Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.

 

Oldinroq “Kosmonavtlar” metro bekati yaqinidagi yerosti kabellarida yongʻin chiqqani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//