Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelayotgan xorijliklarning soni qancha?

Saqlash
17:06 / 11.06.2024 138 0

2024-yilning yanvar-aprel oylarida 38,4 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

 

Bu esa har oyiga qariyb 9 mingta xorijlik Oʻzbekistonga savdo-sotiq qilish maqsadida kelganligini anglatadi.

 

Raqamlar oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda esa bu yilgi koʻrsatgich 24,4 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshganini koʻrish mumkin.

 

Quyida tijoratchilarning soni va ular kelgan davlatlar koʻrsatilgan:

Turkmaniston — 23 376 nafar;

Tojikiston — 11 186 nafar;

Afgʻoniston — 1 087 nafar;

Xitoy — 547 nafar;

Turkiya — 410 nafar;

Hindiston —366 nafar;

Qirgʻiz Respublikasi — 231 nafar;

Janubiy Koreya — 227 nafar;

Eron — 115 nafar;

AQSh — 115 nafar;

Boshqa davlatlar — 747 nafar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//