15 nafar qariya “Saxovat” uyida tartibga zid ravishda yashab kelayotgani aytildi

Saqlash
18:06 / 11.06.2024 345 0

Ombudsmanning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili Toshkent shahri “Saxovat” internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirganda 15 nafar qariya “Saxovat” uyida oʻrnatilgan tartibga zid ravishda yashab kelayotgani aniqlangan.

 

Maʼlum boʻlishicha, farzandlari boʻla turib, ular shu yerda yashashdan boshqa iloji qolmagan. Yaʼni, bolalari gʻamxoʻrlik qilishdan bosh tortganligi uchun muassasa rahbariyati keksalarni muassasaga qabul qilishga majbur boʻlgan.

 

 

Xabarda aytilishicha, farzandlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasida keltirilgan bandni ongli ravishda bajarmagan.

 

“Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar oʻz ota-onalari haqida gʻamxoʻrlik qilishga majbur ekanliklari belgilangan”.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80-modda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//