Tungi xizmat vaqti fuqarolarga kuch ishlatgan IIB xodimi ishdan olindi

Saqlash
19:06 / 11.06.2024 369 0

Fuqarolarga nisbatan amaldagi qonunchilikka zid ravishda jismoniy kuch ishlatgan xodim ishdan boʻshatildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga koʻra, mazkur xodim fuqarolarga kuch ishlatib, ularning huquqiga zid ravishda harakat qilgan.

 

“Birinchi buyruq bajariladi, keyin muhokama qilinadi”, degan u kuch ishlatish vaqtida.

 

Maʼlum boʻlishicha, voqea 9-may kuni Samarqand shahrida sodir boʻlgan.

 

Oʻsha kuni jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida tungi xizmatga jalb qilingan Samarqand shahar boʻyicha IIO FMB profilaktika inspektori S.Eshonqulov soat 22:00 larda Samarqand shahar Dahbet koʻchasidagi avtomobil yoʻlining qatnov qismida fuqarolar janjal qilayotganligini koʻrib qoladi.

 

Shundan soʻng xodim ularni 6-son IIBga olib borib, sodir etilgan xatti-harakatlarini rasmiylashtirmoqchi boʻladi. Ana shu jarayonda profilaktika inspektori va ushbu shaxslar oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga keladi.

 

Jarayonda profilaktika inspektori ikki nafar fuqarolarga nisbatan (ulardan biri ayol) amaldagi qonunchilikka zid ravishda jismoniy kuch ishlatadi.

 

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati boshligʻining axborotiga koʻra, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan. Yakunda profilaktika inspektori S.Eshonqulov ichki ishlar organlari safidan boʻshatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//