Didimizning tarozisi buzilib qolganmi?


Saqlash
12:06 / 06.06.2024 0 763

Yaqinda YouTube`da Abdulla Oripovning o‘zi o‘qigan “Tug‘ilish” nomli she’rini tingladim. She’r kelajakka maktub tarzida yozilgan va shoirning o‘zi “Kelajak mendan tili qisiq emas, meni unutishga tayyor, lekin kimdir, bir bobomiz bizni o‘ylab yozgan ekan, deya o‘qisa ajab emas” deb kamtarlik qilgan. She’r komil inson orzusida bitilgan teran, dardli she’r.

 

Bu she’rning internetga qo‘yilganiga 4 yil bo‘libdi. To‘rt yil ichida jami 11000 kishi lavhani ko‘rgan. 4 yilda 11 000 kishi! Meni o‘ylantirib qo‘ygan joyi ham shu. O‘zbekiston 11 ming kishilik mahalla yo qishloq emas. Xudoga shukrki, 36 millionlik katta xalqmiz. Shu nufuzga qarab baholasak, bu she’rni kamida 11 million odam ko‘rishi kerak edi.  Zero, uncha-muncha shoirmas, bizga zamondosh daho shoirning kelajakka aytadigan gapi nima ekan deb qiziqishlari kerak edi.

 

Shu jarayonda men yana bir illat haqida o‘ylab qoldim. Agar internetda shu ulug‘ she’r o‘rnida ikkita xotinning bozorda bir-birining yuzini tirnab, sochini yulib yoqalashib yotgani qo‘yilganida bormi, bu mashmashani ikki kunda 2 milliondan ko‘p odam ko‘rishi aniq edi.

 

Xullas, didimizning tarozisi buzilib qolganmi, degan o‘yga bordim.

 

Yana bir gap, she’rda shunday satrlar bor:

 

Men bunday kaslarni topmadim o‘ylab,

She’rni ham yozmadim aslo atayin.

Qofiya ustida yetmish yil o‘ynab,

Bir jiddiy gapni ham endi aytayin.

 

Xo‘sh, shoirning 70 yillik xulosasi – jiddiy gapi nima edi? Buni “Tug‘ilish” she’ridan bilib olasiz.

 

Eshqobil SHUKUR

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 352
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 397
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210668
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99734
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24341
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18242
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17238
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16401
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14615
Ommaviy madaniyat

//