Qatʼiy intizomga ega Nobel mukofoti ziyofati haqida bilasizmi?


Saqlash
13:06 / 07.06.2024 0 653

Har yili Nobel mukofoti sohiblarining sharafiga tashkil etiluvchi yigʻilish dunyoning eng nufuzli va maroqli ziyofati hisoblanadi. Koʻp yillardan buyon ushbu tadbirda qatʼiy tartib va intizom hukm suradi. Maʼlumotlarga koʻra, banketning boshlanish vaqti Shvetsiya soati bilan 19:00 hisoblanadi. Na bir daqiqa erta, na bir daqiqa kech. Har bir laureat yigʻilishga yonida koʻpi bilan 16 nafar mehmon daʼvat etishi mumkin. Shvetsiya qiroli ziyofatga har yil Nobel olgan ayollardan birining hamrohligida tashrif buyuradi. Agar oʻsha yil ayol laureat boʻlmasa, qirol fizika sohasida mukofotlangan erkakning umr yoʻldoshi bilan davraga kelishi lozim. Yigʻilish ikki insonning – Shvetsiya qiroli va Alfred Nobelning sharafiga sogʻlik tilab ochib beriladi. Ketma-ketlik shunday – avvaliga qirol, keyin Nobelning sogʻligi uchun qadah koʻtariladi.

 

Ziyofatda jami 1300 nafar mehmon ishtirok etadi. Stol atrofida oʻtirgan har bir kishining orasi 60 santimetr boʻlishi soʻraladi. Na 1 sm. koʻp, na 1 sm. kam. Ziyofat menyusi har yil oʻzgarishiga qaramay, dasturxonga albatta Skandinaviya oshxonasi taomlari qoʻyiladi. Mehmonlarga aynan qanday yemaklar taqdim etilishi oldindan ochiqlanmaydi, qattiq sir tutiladi. Tadbirning oʻzgarmas bir anʼanasi bor – har yil desertga muzqaymoq tortiladi. Agar qaysidir mehmonning stoldagi ovqatga allergiyasi boʻlsa, u uchun alohida taom tayyorlab beriladi. Mehmonlarga 200 nafar girgitton xizmat koʻrsatadi. Buning uchun dunyoning eng mashhur girgittonlari ziyofatga chaqiriladi va bu ular uchun sharaf sanaladi. Soat 22:15 da yigʻilishning ikkinchi – raqs qismi boshlanib, tungi soat 2 gacha davom etadi.

 

Rahmat BOBOJON tayyorladi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 357
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 398
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210670
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99734
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24342
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18243
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17238
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16402
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14615
Ommaviy madaniyat

//